Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havayidagi soxta trevogadan keyin odamlar o‘z “taassurotlari” bilan bo‘lishdilar
13 yanvarda Havayida shtat tomon ballistik raketa uchayotgani haqida trevoga e'lon qilingandi. Odamlarga iloji boricha tezroq boshpana topish buyurilgan va bu mashg‘ulot trevogasi emasligi ma'lum qilingan. Keyinroq aniqlanishicha, bu ogohlantirish xatolik tufayli berilgan. Biroq u aholi o‘rtasida “kattagina” vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Odamlar trevogadan keyin o‘zlarini qanday tutganlari haqida so‘zlab berishdi.
Jurnalist Sara Donsheyning aytishicha, u vahimaga tushgan qarindoshlarining xabaridan uyg‘onib ketgan. “Oilam shimoliy sohilbo‘yida edilar. Ular garajga berkinib olishgan. Mening onam va singlim yig‘lardi. Aniqlanishicha, soxta trevoga bo‘lgan, biroq ko‘plab odamlar vahimaga tushdilar”, deb yozgan jurnalist tvitterda.
Gollivud aktyori Jim Kerri esa bu ogohlantirishni “aqldan ozdirgudek” deb atadi. “Men Havayida edim. Uyg‘onib ketib, 10 daqiqalik hayotim qolganini angladim”, deb yozgan Kerri.
Mahalliy deputat Mettyu Loprestining aytishicha, u xabarni jiddiy qabul qilgan va uning uyi yadroviy zaryad ta'siri radiusida bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, vahimaga tushgan. “Biz farzandlarimiz bilan vannaxonaga berkinib oldik va Tangriga iltijo qilardik. Men yaqinlarim va tanishlarimga qo‘ng‘iroq qilib, ularga boshpana topishlari kerakligini aytardim”, deb eslagan bo‘lib o‘tgan voqeani deputat.
Mahalliy Star Advertiser nashri jurnalistlarining yozishicha, ogohlantirishdan keyin Havayi poytaxti Gonoluluning bosh shossesida mashinalar harakatlanishdan to‘xtab, haydovchilar mashinalarini tark etib, tunnel ichiga va ko‘priklar ostiga yashirina boshlashgan.
Trevoga yolg‘on ekanligi haqidagi xabar 38 daqiqadan keyingina yuborilgan. Shtat gubernatori Devid Ayj ushbu voqea uchun aholidan uzr so‘ragan va u favqulodda xizmat xodimlaridan birining xatosi tufayli yuz berganini aytgan. Ayjning aytishicha, ushbu xodim ogohlantirish tizimi sinovdan o‘tkazilishi vaqtida “haqiqiy ogohlantirish tugmasini” bosib yuborgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu vaziyatga izoh berib, raketa hujumlari haqida yolg‘on xabarlar boshqa takrorlanmasligiga umid bildirishini aytgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:52 / 24.07.2025
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi

19:29 / 26.05.2025
Havayida Kilauea vulqoni otilishni boshladi

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

20:05 / 27.03.2025