Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Yaponiyada parranda grippi tarqalmoqda

Foto: AP
Britaniya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat janubi-g‘arbidagi Dorset grafligida 17 ta yovvoyi qushda H5N6 parranda grippi bilan kasallanish holatini aniqladi. Bu haqda hukumat saytida xabar berilgan.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu 2017-2018 yilgi qishki mavsumda qayd etilgan ilk shunday holatdir. Shtamm o‘tgan yili Xitoyda kuzatilgan kasallikdan farq qiladi hamda inson uchun katta xatar uyg‘otmaydi.
"H5N8 parranda grippidan odamlar sog‘ligi uchun tahdid juda past. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati standartlari bo‘yicha agentlik xabariga ko‘ra, kasallik oziq-ovqat uchun xatar tug‘dirmaydi", - deyiladi vazirlik bayonotida. Aniqlik kiritilishicha, virus parrandalar uchun "juda yuqumli" va "o‘limga" olib keladi.
Yaponiyaning Sikoku orolidagi Kagava prefekturasida esa yanvar oyida taxminan 92 ming tovuq parranda grippi virusi tufayli yo‘q qilindi. Bu haqda Yaponiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bergan.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bu kasallik Sanuki shahri va unga yaqin tumanlardagi bir necha fermalarda qayd etilgan. Tahlillar N5N6 shtammli parranda grippi virusiga ijobiy reaksiyani ko‘rsatdi.
Parrandalarni yo‘q qilish bo‘yicha amaliyotda 750 kishi, jumladan o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari xodimlari qatnashdi. Parrandi grippi virusi aniqlangan fabrikalardan 10 kilometr radiusda karantin hududi joriy etildi, tuxum, tovuq va undan mahsulotlarni bu tuman tashqarisiga olib chiqib ketishga taqiq qo‘yildi. Yo‘llarda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

12:39 / 30.07.2025
Fransiya va Britaniya ortidan Malta ham Falastinni tan oladi

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025