Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yaqinida to‘qnashuvdan keyin yonayotgan neft tankeri portladi
Xitoy sohillari yaqinida, Janubiy Xitoy dengizida 6 yanvarda yuk kemasi bilan to‘qnashgan va shundan beri yonayotgan, Eronga qarashli neft tankeri, taxmin qilingandek, portladi. Xitoy transport vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, tanker ekipajining 31 a'zosi taqdiri hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda, faqatgina bir kishi jasadi topilgan.
6 yanvarda Panama bayrog‘i ostida ketayotgan Sanchi tankeri AQShdan Xitoyga g‘alla yetkazishi kerak bo‘lgan yuk kemasi bilan to‘qnashib ketgan. Erondan Janubiy Koreyaga 136 tonna neft olib ketayotgan tanker bortida 30 nafar eronlik va 2 nafar bangladeshlik bo‘lgan. Ularning barchasi ekipaj a'zolari bo‘lgan. Xitoy kemasi uning xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin bo‘lgan shikastlar olmagan, uning butun 21 kishilik ekipaji qutqarilgan.
Eronning NITC milliy kompaniyasiga tegishli neft tankeri to‘qnashuvdan keyin yonib ketgan, undagi neft dengizga oqib tushgan.
Bu NITC tankerlarining oxirgi ikki yildagi ikkinchi falokati bo‘lib, 2016 yilda Eronga qarashli supertanker Singapur yaqinida konteyner tashuvchi kema bilan to‘qnashib ketgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
Mavzuga oid

23:46 / 28.07.2025
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi

21:19 / 28.07.2025
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda

14:48 / 28.07.2025
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi

22:40 / 27.07.2025