Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Yerning chorak qismi sahroga aylanishi mumkinligidan ogohlantirishdi

Foto: Getty Images
Yer Tselsiy bo‘yicha yana bir darajaga isiydigan bo‘lsa, uning chorak qismidan ko‘prog‘i "qurishi" mumkin, deya xabar beradi Phys.org. portali. Xalqaro olimlar guruhi, jumladan Shenchjen (Xitoy)dagi Janubiy fan va texnologiyalar universiteti hamda Ist-Angliya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Yer shari Tselsiy bo‘yicha 1 darajaga isib bo‘ldi, deya ogohlantirishmoqda tadqiqotchilar. Keyingi global isish quruqlikning bir qismi cho‘lga aylanishi bilan tahdid solmoqda. Bu qishloq xo‘jaligi va bioxilma-xillikka tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazadi. Shuningdek hamma yerda qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari boshlanadi.
Yangi tadqiqot o‘rtacha haroratning Tselsiy bo‘yicha 2 darajaga global o‘zgargan taqdirda, Yer sathining 20-30 foizi sahroga aylanishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Biroq global isishni Tselsiy bo‘yicha 1,5 darajada ushlab turishning uddasidan chiqilsa, Yevropaning janubiy qismi, Afrika janubi, Markaziy Amerikaning bir qismi, Avstraliya qirg‘oqlari va Janubi-Sharqiy Osiyo Yer "qurishi"ni chetlab o‘tadi, deya ta'kidlashmoqda olimlar.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda skuter yo‘lovchisi Lacetti va Isuzu bilan to‘qnashuvda vafot etdi
O‘zbekiston | 19:52
-
Endi Toshkentda «Tez yordam» mashinasi harakatini onlayn kuzatib turish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:40
-
Soch to‘kilishi tabiiy jarayonmi yoki kasallik? Uni qanday davolash mumkin?
Sog‘lom hayot | 19:24
-
Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida qatnashgan erkakka hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 19:11
Mavzuga oid

17:41 / 09.07.2025
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

17:33 / 29.03.2025