Eron Markaziy Osiyoni Hindiston bilan bog‘lovchi temir yo‘lini qurishni boshladi

Foto: Fotolia
Eron Mashhad – Zahidon temir yo‘lini qurish rasman boshlangani haqida ma'lum qildi. Bu Markaziy Osiyoni Hind okeani sohilidagi Eronning Chabahor porti bilan bog‘lovchi bo‘lajak temir yo‘lining bir qismi, deb xabar bermoqda Eron OAV mamlakat birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriyga tayangan holda.
Ishoq Jahongiriyning eslatishicha, “Shimol - Janub” yo‘nalishida 900 kilometrlik temir yo‘li Qozog‘iston, Turkmaniston va Eronning qo‘shma sa'y-harakatlari bilan uch yil muqaddam qurib bitkazildi. Tarmoqning uzunligi 900 kilometrni tashkil etgan.
Loyihani moliyaviy ta'minlashda Osiyo va Islom taraqqiyot banki ishtirok etdi. Hozirda bu yo‘lni Eronning Chabahor portiga qadar davom ettirishadi. Endilikda bu yo‘lakni Chabahorga qadar uzaytirish, Markaziy Osiyo davlatlariga Hind okeaniga temir yo‘li orqali chiqish imkonini yaratish qoldi. Shu tariqa Yevropa uchun ham Hind okeaniga qisqa yo‘lni barpo etish rejalashtirilmoqda.
Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron yo‘lining qurilishi haqida bitim uch davlat rahbari tomonidan 2007 yilda imzolandi, ishlar 2009 yilda boshlangan.
Mavzuga oid

17:12 / 14.03.2025
Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyoda yagona vizani joriy etishni taklif qildi

19:54 / 13.03.2025
O‘zbekiston va Fransiya strategik sherik bo‘ldi. Maqsadlar va manfaatlar nima?

16:58 / 13.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi

16:40 / 13.03.2025