Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi

Foto: snsm
25 dekabrda Reyunon oroli sohillari yaqinida, Hind okeanida nosoz qayiqda 7 oy bir o‘zi suzib yurgan polshalik sayyoh qutqarildi. Bu haqda Fransiyaning dengizlarda qutqarish jamiyati (SNSM) ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 56 yoshli Zbignev Reket 20 may kuni Komor orollaridagi Samira shahridan Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahri tomon suzib ketgan. Sayyohga portda topib olingan mushuk hamrohlik qilgan.
Sayohat davomida qayiqning dvigateli ishdan chiqqan, shundan keyin qayiq boshqaruvsiz qolib ketgan. “Men kemani boshqarolmay qoldim. Meni to‘lqinlar Somali, keyin Maldiv, Indoneziya, Mavrikiy va oxir-oqibat Reyunon sohillariga olib ketgan. Men quruqlikni ko‘p marta uchratdim, biroq u tomon borolmasdim”, deb eslamoqda sayyoh.
Sayyohda hech qanday aloqa vositasi bo‘lmagan. Bundan tashqari, u faqatgina bir oyga yetadigan oziq-ovqatga ega bo‘lgan. Yeguliklar tugagandan keyin, u baliq tutib, yomg‘ir suvini ichishiga to‘g‘ri kelgan.
Qutqaruvchilar qayiqni 25 dekabrda aniqlashgan. Sayyoh quruqlikka yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, u juda oriqlab ketgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

15:26 / 25.02.2025
Hind okeanida 11 yil avval yo‘qolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi

14:36 / 23.12.2024
Mozambikda siklon 100 ga yaqin kishini hayotdan olib ketdi

14:14 / 14.09.2024