Eng boy amerikalik mashhurlarning 2017 yilgi reytingi tuzildi

Jorj Lukas. Foto: Forbes
Forbes jurnali 2017 yilning eng boy amerikalik mashhur kishisi sifatida “Yulduzlar janglari” fantastik filmining rejissyori Jorj Lukasni e'tirof etdi. Lukasning boyligi 5,5 mlrd dollarga baholanmoqda.
Reytingning 2-pog‘onasini yana bir mashhur rejissyor Stiven Spilberg 3,6 mlrd dollar bilan egalladi. Teleboshlovchi Opra Uinfrining boyligi 2,8 mlrd dollarga baholandi va u 3-pog‘onani egalladi.
Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, sobiq basketbolchi Maykl Jordan (1,4 mlrd dollar), illyuzionist Devid Kopperfild (875 mln dollar), rep ijrochilar Diddi (820 mln dollar) va Jyey-Zi (810 mln dollar), golfchi Tayger Vuds (750 mln dollar), yana bir rep ijrochi Doktor Dre (740 mln dollar) va yozuvchi Jyeyms Patterson 730 mln dollar bilan joy olgan.
Forbes bu reytingni tuzishda yulduzlarning mablag‘i, ularga tegishli kompaniyalar va ko‘chmas mulkning qiymatlarini hisobga oladi. Joriy yilda reyting yetakchi o‘ntaligining jami boyligi 18 mlrd dollarni tashkil qildi, bu esa o‘tgan yilgidan 7,8 foizga ko‘proqdir.
Mavzuga oid

17:39
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

15:45
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

11:15
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin

09:10