Futbol tarixida ilk marotaba bir o‘yinlik shartnoma taklif qilindi

Foto: Getty Images
«Yuventus» va «Milan» klublarining sobiq yarimhimoyachisi Andrea Pirlo bir oy oldin «Nyu-York Siti»ni tark etib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Endi u yana futbol maydoniga qaytishi mumkin. Exitosa Deportes xabariga ko‘ra, Peruning «Universitario» klubi 38 yoshli italiyalikka bir o‘yinlik shartnoma taklif qilgan.
Futbolchi yanvar oyida klubning yangi libosi taqdimotiga bag‘ishlangan o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
«Hozircha bu haqda kelishib olmadik», – dedi tadbir tashkilotchilaridan biri Karlos Moreno.
Mavzuga oid

16:31 / 30.07.2022
«Qog‘oz berib, xohlagan raqamingni yoz deyishdi». «Sharja»dan Pirlo jamoasiga o‘tgan Otabek Shukurov bilan intervyu

14:56 / 28.05.2021
«Yuventus» Andrea Pirlo iste'foga chiqarilganini e'lon qildi

20:49 / 09.08.2020
Hafta savoli. Andrea Pirlo qanday murabbiy bo‘ladi?

23:26 / 08.08.2020