Jamiyat | 15:25 / 13.12.2017
5929
2 daqiqa o‘qiladi

Imkoniyati cheklangan bolajonlarga Madina Academy bilan birga mehr ulashamiz

Art-terapiya-psixologiya (Ijod orqali qalbni tozalash) yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan Madina Academy'ning "Qalb bilan uchrashuv" deb nomlanuvchi eksklyuziv treningida ishtirok eting va xayriya uchun o‘z hissangizni qo‘shing.

Madina Academy qisqa vaqt davomida ko‘plab insonlarga o‘zining nazariy va amaliy bilimlarini o‘rtoqlashgan holda ularni hayotga, oilaga, jamiyatga nisbatan dunyoqarashlarini o‘zgartirishga erishmoqda.

Treningda siz quyidagi savollarga javob olasiz:

- Ruhiy marketing
- Moddiy imkoniyat zanjirlari ketma-ketligining qalb tozalanishiga bog‘liqligi 
- Hayot bilan kurashishdan to‘xtang, boshqa oson yo‘li mavjud!
- "Agar kuchlilar tirik qoladigan bo‘lganida, biz hozir dinozavrlar bilan yashayotgan bo‘lar edik, suvaraklar bilan emas".
- Taqdirni qabul qilib, u bilan do‘stlashib yashash sizga qanday imkoniyatlar bera oladi?

Trening 17 dekabr kuni 11:00dan 16:00gacha bo‘lib o‘tadi. Tadbirdan yig‘ilgan mablag‘lar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda imkoniyati cheklangan bolalarga yo‘naltiriladi. 

Xayriya-treningi narxi: 50.000 so‘m va undan yuqori qiymatda (istaklarga ko‘ra)
Murojaat uchun telefon: (90) 329 08 84
Manzil: Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek metrosi, Eurasia Insurance biznes markazi, 3-qavat, 300-xona.
Mo‘ljal: Bunyodkor stadioni

Xayriya aksiyasida ishtirok eting! Bolalar saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj. Ularga birgalikda yordam qo‘lini cho‘zaylik!

Mavzuga oid