Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asalni har kuni iste'mol qilish qanday foyda beradi?
Asal azaldan inson organizmi uchun eng foydali mahsulotlardan biri sifatida e'tirof etib kelinadi. Undagi zarur fermentlarning yuqori miqdorda ekanligi hamda tabiiy asalning qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyati hech kimni befarq qoldirmaydi. Bugungi kunda ota-bobolarimiz rioya qilgan oziqlanish tamoyillariga ko‘p murojaat qilinmoqda. Trendymen asalni har kuni iste'mol qilish organizmga qanday foyda keltirishiga oid ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Teri tozalanadi
Asal tabiiy antioksidant hisoblanadi, ya'ni u organizmning ortiqcha toksinlardan halos bo‘lishiga yordam beradi. U antibakterial xususiyatlari tufayli teringizni yanada toza qilishga yordam beradi.
Ortiqcha vazn yo‘qotiladi
Asal tarkibidagi qand moddasi biz kundalik iste'mol qiladigan qanddan farq qiladi. Ortiqcha vazndan qutulish uchun shokolad va gazli ichimlik kabi shirinliklar iste'molini asal bilan almashtiring.
Qondagi qand miqdori kamayadi
Yuqorida qayd etilganidek, asal haqiqatda qand moddasiga ega. Biroq fruktoza va glyukozaning noyob birikmasi haqiqatda organizmga qondagi qand miqdorini tartibga keltirish va bunga qo‘shimcha ravishda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Yurak-qon tomir kasalliklari
Asal tarkibida mavjud flavonoid va antioksidantlar yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lishini oldini olishga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, asal inson qonidagi xolesterinni oksidlantirish jarayonini sekinlashtiradi, bu esa falajga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayonga to‘sqinlik qilib, uning oldini oladi.
Alvido, toksinlar!
Asal va iliq suv — ovqat hazm qilish tizimidan zararli chiqindilarni yuvib chiqarishga yo‘naltirilgan deyarli eng yaxshi kombinatsiya. Qo‘l ostidagi vositalar bilan, uy sharoitidagi detoksikatsiya!
Immun tizimini yaxshilaydi
Asal immun tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi qator fazilatlarga ega. Asosiysi, sizni yoqimsiz bakteriyalardan himoyalovchi fermentlar, vitamin va minerallarga boy organik asalni xarid qiling.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri
Jahon | 20:24
-
Dehqonobod kaliy zavodi yopiq tarzda xususiylashtirildi
Iqtisodiyot | 20:24
-
Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Ramzon Qodirov oilasi 150 ga yaqin orden oldi
Jahon | 20:12
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
Mavzuga oid

10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda

09:08 / 26.03.2025
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi

15:48 / 06.10.2024
“Yiliga 300-400 mln so‘m daromad olaman” – asalari boqib tirikchilik qilayotgan so‘xlik Asalbek aka

21:52 / 19.09.2024