1000 dan ortiq odam. Falastin juma kungi hodisalar bo‘yicha bayonot berdi

Foto: RIA "Novosti"
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i, G‘azo sektori va al-Qudsning turli tumanlaridagi norozilik namoyishlari vaqtida 1,1 ming kishi jabrlandi.
8 dekabr kuni kechqurun AQSh prezidenti Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qaroriga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida isroillik harbiylar bilan yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida ikki falastinlik halok bo‘lgani, 760 dan ortiq inson jabrlangani xabar qilingandi.
Isroil armiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektorining chegaralari bo‘ylab ro‘y bergan tartibsizliklarda qariyb 7,5 ming kishi ishtirok etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirishi haqida ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin xalqaro sudga murojaat qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

14:27 / 09.03.2025