Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanning sobiq prezidenti o‘ldirildi

Foto: Ammar Awad/File Photo / Reuters
Eronning Tasnim agentligi Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih o‘ldirilgani haqida xabar tarqatdi. Reuters agentligi ma'lumotiga ko‘ra, husiychilar sobiq prezidentning Sanodagi uyini portlatishgan.
Al Arabiya telekanalida janob Solihning uyidagi portlashdan keyin uning holati haqida qarama-qarshi xabarlar tarqaldi. Al Mayadeen telekanali esa sobiq prezident poytaxtdan chiqib ketishga uringanida halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Keyinroq Sky News Arabia Ali Abdullaning partiyasidagi manbaga asoslangan holda uning o‘limi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq ekani haqida xabar qildi. O‘z navbatida partiyaning boshqa vakili Al Arabiya muxbiriga sobiq prezident halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu xabarlar fonida internetda Ali Abdulla Solihga o‘xshash kishining jasadi olib ketilayotgani tasvirlari paydo bo‘ldi.
Noyabr oyi oxirida Yamanda husiychilar va Ali Abdulla Solih tarafdorlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgandi. Avvaliga ittifoqchilikda hozirgi prezident Mansur Hodiy hukumatiga qarshi kurashgan tomonlar endi Sano uchun talasha boshladi. Yakunda poytaxtdagi kvartallarning katta qismi sobiq prezident tarafdorlari qo‘liga o‘tgandi.
Yamanda fuqarolik urushi 2014 yilda boshlangandi — o‘shanda Mansur Hodiy tasarrufidagi kuchlar hamda shialarning «Ansor Alloh» nomli guruhi, husiychilar va sobiq prezident Ali Abdulla Solihning tarafdorlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Natijada, qonuniy prezident poytaxtni tashlab, janubdagi port shahar Adanga qochishga majbur bo‘ldi.
2015 yilda Yaman hukumatini Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlab chiqdi va Yamanga koalitsiya kuchlari kiritildi. Koalitsiya Fors ko‘rfazi hududidagi arab davlatlari - Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, shuningdek, Iordaniya, Misr va Marokashni o‘z ichiga olgan.
O‘tgan haftada Mansur Hodiy armiyani husiychilar va Solih tarafdorlari o‘rtasida kurash boshlangan Sanoga yo‘naltirdi. Tanklar ishtirokidagi to‘qnashuvlar vaqtida yana yuzlab kishilar halok bo‘ldi.
2 dekabrda Solih partiyasi husiychilarga qarshi kurashga chorladi. Bundan tashqari, Solih Yamandan qamal olingandan keyin qo‘shni davlatlar bilan muloqot olib borishga tayyorligini bildirdi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Solihning bu harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Bu orada «Ansor Alloh» yetakchisi Abdulmalik al-Husiy Solihni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarning harakatlarini «aqlsiz va shubhali», Solihning o‘zini esa «sotqin» deb e'lon qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

07:51 / 17.07.2025
Germaniya sudi AQSh dronlari zarbasi bo‘yicha shikoyatni rad etdi

13:55 / 07.07.2025
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

14:08 / 22.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida

15:41 / 15.05.2025