Jahon | 19:10 / 03.12.2017
17546
1 daqiqa o‘qiladi

MRB rahbari Eronga ogohlantiruvchi maktub yo‘lladi

Jonathan Ernst/Reuters

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo Eron hukumati va eronlik general Qosim Sulaymoniyga maktub yo‘lladi. Unda Iroqdagi amerikalik harbiylarga istalgan hujum uchun javobgar Eron bo‘lishi aytilgan.

«Biz bu maktubda, u va Eron Iroqdagi AQSh manfaatlariga qilingan istalgan hujum uchun javobgar qilinishidan ogohlantirilgan» ,— deya MRB rahbarining so‘zlarini keltirgan Reuters.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, u maktubni yo‘llash haqidagi qarorni Erondagi harbiy boshliqlardan biri Iroqda amerikalik harbiylar hujumga uchrashi mumkinligi haqida aytganidan keyin qabul qilgan.

Mavzuga oid