Falastinda 2018 yil oxirigacha prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi
Qohirada 2 kunlik uchrashuvga yig‘ilgan Falastinning siyosiy harakatlari vakillari 2018 yil oxirigacha Falastinda prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazishga kelishib olishdi. Bu haqda uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan bayonotda aytilgan.
“Markaziy saylov komissiyasi va manfaatdor tomonlarga prezidentlik, parlament saylovlarini 2018 yildan kech bo‘lmagan muddatda bir vaqtda o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish topshirilsin”, deyilgan hujjatda.
Bir qator davlatlar, jumladan AQSh va Isroil tomondan terrorchilik tashkilotlari qatoriga kiritilgan XAMAS harakati sanksiyalar, tashqi dunyodan yakkalanish, harbiy ixtiloflar sharoitida G‘azo sektorida 10 yildan beri hokimiyatni boshqarib kelmoqda. XAMASning siyosiy raqibi – FATH harakati esa xalqaro hamjamiyat tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi Falastin milliy ma'muriyati institutlari orqali Iordan daryosining G‘arbiy sohilini nazorat qiladi.
Mavzuga oid

14:27 / 09.03.2025
Foto: Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:53 / 28.02.2025