Qirg‘iziston BMTda Qozog‘istondan shikoyat qildi

Foto: haqqin.az
BMT Bosh Assambleyasida 116ta a'zo davlat «bir davlatning ikkinchisiga nisbatan bir tomonlama iqtisodiy choralarni qo‘llash mumkin emas»ligini yoqlab chiqdi. Qirg‘iziston delegatsiyasi ushbu rezolyutsiya Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyatni yumshatishiga umidvor bo‘lmoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, BMT Bosh Assambleyasi Ikkinchi qo‘mita o‘z ishchi kunida iqtisodiy, ekologik va moliyaviy masalalarga oid bir nechta rezolyutsiyalar to‘plamini ko‘rib chiqdi.
BMTdagi Qirg‘iziston Respublikasi vakili Mirgul Moldoisayevaning aytishicha, Qozog‘iston joriy yilning 10 oktabr kunidan boshlab chegarada sun'iy tirbandlikni hosil qilib, mahalliy iqtisodiyotga ziyon keltirmoqda.
«Davlatlar tomonidan siyosiy va iqtisodiy majburiyat yuzasidan bir tomonlama iqtisodiy choralarni ko‘rish rivojlanayotgan davlatlar uchun maqbul harakat emas», deydi vakil.
Rezolyutsiyani qabul qilishga AQSh va Isroil vakillari qarshi chiqib, 49ta davlat betaraf qolgan.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

12:06 / 02.03.2025