Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matbuot va axborot agentligida bolalar adabiyotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Foto: Kun.uz
8 noyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining katta majlislar zalida «Bolalar adabiyoti: muammolar va istiqbol» mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar hamda «O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sobir Sayfiyevich Shukurov ochib berdi.
2017 yilning 8 sentabrida qabul qilingan «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va 2017 yiling 13 sentabrida «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Prezidentimiz Qarori e'lon qilingandi. Mazkur qonun va qaror doirasida bugun kunda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu seminar ham mazkur ishlarning bir qismidir. Ilmiy-amaliy seminarda bugungi kunda bolalar uchun yaratilayotgan adabiyotlar, ularning saviyasi kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasidan adabiyotshunos olim Rahmatilla Barakayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan adib Erkin Malik va Cho‘lpon nomidagi NMIU bosh muharriri Davron Ulug‘murodov bugungi kun bolalar adabiyoti va uni chop etish muammolari to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirib ma'ruza qilishdi.
Ilmiy-amaliy seminar yakunida Cho‘lpon nomidagi NMIU tomonidan chop etilgan «O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda X.To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzo kabi taniqli adiblar hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

14:44 / 20.06.2024
Bolalar adabiyoti – muammo nimada?

13:26 / 03.06.2023
Millat muammosi – nega o‘zbek bolalar adabiyoti “koma”dan chiqolmayapti?

10:26 / 08.02.2023
“Zamonaviy maktab liderlar nigohida” – Toshkent, Farg‘ona va Andijondagi seminarlardan reportaj

19:06 / 07.10.2021