Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Golf, sammitlar va Putin bilan uchrashuv. Tramp Osiyo turnesini boshladi

AFP/GETTY IMAGES
AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Yaponiyaga yetib keldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar tarqatdi.
Bu mamlakatga tashrif Trampning Osiyoga 13 kunlik turnesining boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. U safari davomida Vetnam, Xitoy, Janubiy Koreya va Filippinda ham bo‘ladi.
Turnedan oldin Donald Tramp Vetnamda o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishi mumkinligini aytgandi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday uchrashuv ehtimolini istisno etmadi.
Samolyotda Tramp jurnalistlarga Putin bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida ma'lum qildi: «Menimcha, Putin bilan uchrashamiz. Biz Shimoliy Koreya masalasida undan yordam istaymiz».
Donald Tramp Yaponiyaga 13-kunlik Osiyo turnesi doirasida keldi. Bu Amerika prezidentlarining keyingi 25 yil ichidagi eng uzoq muddatli safari bo‘ladi.
Yaponiyaga yo‘l davomida prezident Gavayi shtatida to‘xtadi va Perl-Harbordagi memorialni ziyorat qildi. Ikkkinchi jahon urushi vaqtida Yaponiya bu yerdagi amerikaliklarning harbiy-dengiz bazasiga hujum qilishi oqibatida 2 ming nafardan ortiq dengizchi halok bo‘lgandi.
Tramp yakshanba tongida Yaponiya poytaxti Tokio shahri yaqinidagi «Yokota» bazasiga qo‘ndi, uning ilk chiqishi Oq uy saytida translyatsiya qilindi.
Amerikalik harbiylar oldida chiqish qilishidan oldin prezidentga general-leytenant Jyerri Martines uchuvchilar kurtkasini kiygizdi va AQSh prezidenti bu libosda juda salobatli ko‘rinayotganini e'tirof etdi. Amerikalik harbiylar prezidentni olqishlashdi.
Prezident nutqi boshida bazada xizmat qilayotgan harbiylarga minnatdorchilik bildirdi, u shuningdek, yaponiyaliklarga ham hurmat bajo keltirdi.
«Biz havoda xo‘jayinlik qilamiz, biz suvda xo‘jayinlik qilamiz, biz quruqlikda ham, kosmosda ham xo‘jayinmiz. Bizda eng yaxshi qurollar. Bizda eng yaxshi odamlar... Sizning sadoqatingiz va omilkorligingiz bizni tarixdagi eng dovyurak xalqqa aylantiradi. Hech bir diktator, hech qaysi tuzum yoki millat AQShning qat'iyatini past baholamasligi kerak», degan Tramp.
Yakshanba kunining ikkinchi yarmida Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ishchi uchrashuv o‘tkazadi, keyin ikki siyosatchi golf o‘ynashadi. Saytama prefekturasidagi Kavagoeda bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ularga mashhur yaponiyalik golfchi Xideki Matsuyama qo‘shiladi. Dushanba kuni Tramp Yaponiya imperatori huzurida bo‘ladi, shu kuni yapon-amerika sammiti o‘tkaziladi, keyin Tramp va Abe o‘tmishda shimoliy koreyalik agentlar tomonidan o‘g‘irlangan yapon oilalari bilan uchrashadi.
Turne Shimoliy Koreya bilan munosabatlar taranglashgan pallada o‘tmoqda. Tramp Koreya yarimorolidagi ziddiyatda Janubiy Koreya va Yaponiyani qo‘llab, Xitoyni Pxenyan bilan munosabatlarda qat'iyroq bo‘lishga chaqirmoqchi.
Tramp bundan avval bir necha marta Shimoliy Koreyani raketa va yadroviy sinovlari uchun qattiq qoralab chiqqandi. U safar davomida Janub va Shimol o‘rtasidagi harbiylardan xoli zonaga tashrif buyurishni ham rejalashtirgandi, ammo bu reja bekor qilindi. Lekin u amerikaliklarning Seul yaqinidagi Kemp-Hamfris kompleksiga keladi.
Yaponiyadan keyin Tramp 6-7 noyabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘ladi, 8 noyabr kuni u Xitoyga boradi, 10 noyabrda esa Vetnamga yo‘l oladi, bu yerda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti o‘tkaziladi, Trampning Osiyoga turnesi 12-14 noyabr kunlari Filippinga safar bilan yakunlanadi.
Amerikaliklar prezidentining bunday marafoni oxirgi marta 1991 yilda kuzatilgan, o‘shanda xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha Katta Jorj Bush turne uyushtirgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
Mavzuga oid

14:54 / 26.06.2025
AQSh Kongressida Trampning rafiqasi vizasi bilan bog‘liq mojaro yuzaga keldi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020