Jahon | 20:30 / 03.11.2017
10646
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Britaniyaning Afg‘onistondagi harbiy jinoyatlari Xalqaro jinoiy sud tomondan ko‘rib chiqiladi

Foto: AP Photo / Hoshang Hashimi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Fatu Bensudaning aytishicha, u amerikalik va britaniyalik harbiylarning 2002 yildan shu kungacha Afg‘onistondagi xatti-harakatlari bo‘yicha tergov boshlanishiga erishmoqchi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda. 

Bensudaning ta'kidlashicha, unda askarlar va zobitlar harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlariga jiddiy isbotlarga ega.

2016 yil 1 noyabrda XJS prokuraturasi amerikalik harbiylarning 2003 yildan 2005 yilgacha Afg‘onistonda mahbuslarga nisbatan o‘z mavqelarini suistemol qilishlari mumkinligiga bir necha marotaba e'tibor qaratgani ma'lum qilingan.

XJS ilk doimiy xalqaro jinoiy adliya organi bo‘lib, uning vakolatiga genotsid, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlarga javobgar shaxslarni jinoiy ta'qib qilish kiradi. 1998 yilda qabul qilingan Rim maqomiga asosan ta'sis etilgan. Rasman 2002 yil 1 iyuldan o‘z ishini boshlagan.

Mavzuga oid