Tramp Nyu-York teraktidan keyin «grin karta»ni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 11 kishini jarohatlagan Nyu-Yorkdagi halokatli hujumdan keyin «xizmatlarga yarasha immigratsiya»ga chorlamoqda. Bu haqida u o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
«Biz «xizmatlarga yarasha» immigratsiya uchun kurashamiz, bundan keyin demokratlar uchun lotereya tizimlari yo‘q. Biz endi aqlliroq bo‘lishimiz kerak», - deya yozadi AQSh prezidenti.
«Biz bu ahmoqlikka chek qo‘yamiz!» deb yozadi Tramp keyinroq.
Bundan avvalgi ma'lumotlarga ko‘ra, bugun Nyu-Yorkda yo‘lovchilarga hujum uyushtirgan shaxs 2010 yilda AQShga qonuniy yo‘l bilan kirgan Sayfullo Soipov o‘zbekistonlik muhojir bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:45 / 07.03.2025
AQShda qo‘lga olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

22:37 / 22.02.2025
«Krokus» teraktidagi ayblanuvchilar yana bir hujum tayyorlagani aytilmoqda

17:31 / 06.02.2025