Qirg‘iziston madaniyat vaziri mumiyo bilan bog‘liq yirik mojaro sabab ishdan haydaldi
Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vaziri Tugelboy Kazakov respublika tarix muzeyida 1956 yildan beri saqlab kelingan “Batken qizi” mumiyosining dafn etilishi bilan bog‘liq yirik mojarodan so‘ng iste'foga chiqarildi. Mamlakat prezidenti Almazbek Atamboyev shanba kuni tegishli farmonni imzolagan.
"Qirg‘iziston Respublikasining “Hukumat to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq qaror qilaman: Tugelboy Kazakovning iste'fosi qabul qilinsin hamda u Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri lavozimidan ozod etilsin", - deyiladi farmon matnida.
Qirg‘izistonda oktabr oyi o‘rtalarida Madaniyat vazirligining davlat tarix muzeyida saqlanib kelingan, 1956 yilda Batken viloyatining Qaromiq hududida arxeolog olimlar tomonidan topilgan mumiyoning dafn etilishi bilan bog‘liq yirik mojaro avj oldi. Leningrad va qirg‘izistonlik olimlardan tarkib topgan ilmiy ekspeditsiya eramizning taxminan 1-5 asrlarida yashagan yosh ayolning mumiyolangan jasadini yaxshi holatda saqlanib qolgan archadan tayyorlangan tobutni aniqlashgandi. Qabrdan o‘sha davrdagi maishiy buyumlar hamda turli taqinchoqlar ham topilgan. “Batken qizi” nomini olgan mumiyo respublika muzeyiga saqlash uchun topshirilgan.
So‘nggi yillarda esa musulmonlar jamoatchiligi, shuningdek, mamlakatdagi turli-tuman “ekstrasenslar” hukumatdan eksponatni dafn etish haqida to‘xtovsiz so‘rashdi. Ularning iddao etishicha, 2005 hamda 2010 yillardagi inqiloblar, iqtisodiy qiyinchiliklar va turli tabiiy ofatlar ruhi bezovta qilingan Batken qizi tufayli yuz bergan. Boz ustiga, uning jasadi mamlakat bosh maydonidagi Tarix muzeyi binosida saqlanadi.
13 oktabr kuni, mamlakat olimlarining jiddiy noroziligiga qaramay, mumiyo respublika janubiga olib ketildi va Batken viloyatida musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi. Madaniyat vazirligidan tushuntirishlaricha, bunday qarorga eksponatning holati yaxshi emasligi va respublikada uni tadqiq qilishga imkoniyatlar yo‘qligi tufayli kelingan. Keyinchalik prezident Almazbek Atamboyev jurnalistlar savollariga javob qaytarar ekan, vazirlikning bu qarorini “katta xato” deb hisoblashi haqida ma'lum qildi.

Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025