Jahon | 14:15 / 28.10.2017
9822
2 daqiqa o‘qiladi

94 yoshli ayol tug‘ilgan kunida parashyutda sakradi 

Foto: Mashable

Hozirgi kunda 94 yoshga qadar kamdan-kam inson umr ko‘rishi mumkin. AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Ayla Kempbell esa o‘zining 94-tug‘ilgan kunini osmonda, parashyutda sakragan holda nishonladi. «Bu kun arafasida kelasi yili hech qachon parashyutda sakramasligim mumkin ekani haqida o‘yladim. Eng yaxshisi – buni hozir amalga oshirish», - dedi ayol.

Parvoz yo‘riqchi bilan amalga oshirilgan, shu bilan birga, Kempbell avvaliga u bilan yerda mashg‘ulot olib borgan. Shundan so‘ng keksa ayol 3000 metrlik balandlikdan hech qanday qo‘rquvsiz sakrab, pastga tushish chog‘ida soatiga 190 kilometr tezlikni qayd etdi. Ob-havo quyoshli va deyarli shamolsiz bo‘lgan, shu sababdan qo‘nish hech qanday kutilmagan holatlarsiz o‘tdi.

Foto: Mashable

Ayolning yonida yaqinlari, jumladan evarasi va chevarasi bo‘lgan. Ular shunday dedi: «Uning hayot davomida qilishga ulgurish kerak bo‘lgan narsalari ro‘yxatida parashyutda sakrash ham bor edi, biz bu lahzani o‘tkazib yubora olmasdik».

Foto: Mashable

Parashyut biznesi egasi Don Kelnerning (u 44 ming sakrashni amalga oshirib, Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan) tan olishicha, bu daraja keksa insonlar parvozni amalga oshirishganini hech qachon ko‘rmagan.

Ayolning o‘zi esa quvonchini yashirib o‘tirmadi: «Erkin qulash - bu vau. Shamol ajoyib. Zo‘r bo‘ldi, menga juda yoqdi. Buni yana takrorlayman».

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid