Alisher Usmonovning qarz o‘rniga undirilgan sobiq yaxtasi sotildi

Foto: boatinternational.com
AQShning Goldman Sachs banki avgustda neft magnati Uilyam Kallopdan qarzi uchun tortib olingan Natita yaxtasiga xaridor topdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda. Avval bu yaxta rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan.
Nashr xaridor ismini keltirmay, faqatgina u Maltada yashashini ma'lum qilgan. Bank xaridorga anchagina chegirma bergan: 60 mln dollar turgan yaxta 27,5 mln dollarga sotilgan. Biroq bu Kallopning bank oldidagi barcha qarzini qoplaydi. Bu qarz esa 28 mln dollarni tashkil qiladi. Bank shuningdek yaxtani saqlash uchun 438 ming dollar miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Natita kruiz yaxtasi 2006 yil Niderlandiyada Oceanco firmasi tomondan barpo etilgan. Yaxta uzunligi 66 metrni, eni 12,12 metrni tashkil qiladi. U 12 kishiga mo‘ljallangan. Usmonov an'anaga ko‘ra, yaxtani onasi ismi bilan atagan. Shu tariqa Dilbar nomini olgan yaxta keyinchalik Natita deb qayta nomlangan.
Kallop bu yaxtani Usmonovdan 59,9 mln dollarga xarid qilgandi.
Mavzuga oid

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025
Alisher Usmonov Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi

17:20 / 04.02.2025
Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi

23:23 / 04.12.2024