RF mudofaa vazirligi: AQSh RQM Rossiya ballistik raketalarini urib tushira oladi

Foto: © Focke Strangmann/AP
AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi bugungi kunda nafaqat raketa uchirilganini aniqlay oladi, balki Rossiya ballistik raketalarini urib tushirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili Aleksandr Yemelyanov BMT Bosh Assambleyasi birinchi qo‘mitasi doirasida tashkil etilgan RQM bo‘yicha Rossiya-Xitoy brifingida ma'lum qildi.
“Amerika RQM tizimining axborot-razvedka vositalari hozirdanoq nafaqat Rossiya ballistik raketalari uchirilgani aniqlab, ularni parvozi chog‘ida kuzatadi, balki ballistik raketalarning jangovar bloklarini urib tushirish uchun RQM o‘t ochish to‘plamlariga nishonni belgilab beradi”, - degan Yemelyanov.
U RF raketalarini Amerika raketalari urib tushirishiga doir farazlarni ham taqdim qilgan.
Yemelyanovning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Yevropadagi RQM tizimi universal qurilmalarini qanotli raketalar bilan yashirincha jihozlashi mumkin. Bu holatda Amerika qanotli raketalari Rossiyaning Yevropa qismini to‘liq nishonga olishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

00:43
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV

22:02 / 17.03.2025
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi

19:25 / 17.03.2025
AQSh va Meksika chegarasida noqonuniy tuxum savdosi keskin oshib ketdi

18:24 / 17.03.2025