Jahon | 12:38 / 07.10.2017
7739
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikada navbatdagi dovul: Yangi Orlean komendantlik soati joriy qildi

Foto: Reuters

AQShning Yangi Orlean shahri ma'muriyati hududga «Neyt» dovuli yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan komendantlik soati joriy qildi, deb yozmoqda Gambit nashri.

Komendantlik soati shanba 7 oktabr kechki 18.00 dan 8 oktabr ertalabgaqadar amalda bo‘ladi.
 
Shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, Yangi Orleanda suv toshqinlarini to‘xtatib turish uchun barrikadalar barpo etiladi. Shuningdek, barcha yer osti o‘tish yo‘llari yopiladi.
 
Bundan tashqari Amerikaning bir necha shtati, xususan Alabama, Luiziana, Florida va Missisipi shtatlari «Neyt» dovuli sababli favqulodda holat e'lon qilishga ulgurgan.

Mavzuga oid