Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxiv video: Islom Karimov onalari haqida
22 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi fondning www.fondkarimov.uz sayti ishga tushdi. Unda Fond haqida, uning faoliyat yo‘nalishlari, yangiliklar, loyiha va dasturlari haqida batafsil ma'lumotlar berib borilishi ma'lum qilingandi. O‘zbekiston Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy asarlar, shaxsiy arxivdan olingan fotosurat va videolavhalar, shuningdek, Islom Abdug‘aniyevichning asarlari, maqola va iqtiboslari saytda keltiriladi. Islom Karimov Fondining Facebook'dagi sahifasida Birinchi Prezidentning onalari Sanobar aya Karimova haqidagi ma'lumotlar va Islom Karimovning onalari haqidagi so‘zlari yozilgan arxiv video taqdim etildi.
"Islom Karimovning volidalari Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayotlarini ularning tarbiyasiga bag‘ishlaganlar.
Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib yoyishlari ko‘zlari oldidan tez-tez o‘tishini ko‘p takrorlar edilar.
Islom Abdug‘aniyevich bolalik chog‘lari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib o‘tganlar.
U kishi o‘z onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bo‘lganlarini so‘zlab berardilar. O‘g‘illari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalardan hamisha qiziqib so‘rar ekanlar".

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?

12:25 / 30.01.2025