Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro elektraloqa ittifoqi Bosh kotibi O‘zbekistonda interaktiv rouming xizmatini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi

Foto: Beeline
21 sentabr kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) bosh kotibi Houlin Zhao Toshkentdagi Beeline ofisiga tashrif buyurdi. Janob Chjao O‘zbekiston Respublikasi Hukumati taklifiga binoan ICTWeek-2017’ning faxriy mehmoni sifatida mamlakatga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida XEI rahbari yirik telekommunikatsiya operatori rahbariyati bilan uchrashish istagini bildirdi.
Houlin Chjao, MDH hududida telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi rahbari Kirill Oparin hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakili bilan birga Beeline’ning faoliyati bilan tanishdi va bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildi. Shunday qilib, XEI Bosh kotibi mamlakat tarmog‘i ichida roumingni joriy etish borasida faol ravishda muhokama qilinayotgan tashabbusni yuksak baholadi, bu o‘z tarmoqlarining xizmat doirasidan chiqayotganda, SIM-kartani almashtirmasdan boshqa operatorlarning xizmatlaridan foydalanishga imkon beradi.
Yig‘ilish natijalari haqida janob Chjao shunday dedi: "Masofasi uzoq bo‘lgan joylarda yuqori sifatli aloqani ta'minlash har doim ham oson emas. Shunisi e'tiborga loyiqki, O‘zbekiston rahbariyati barcha aholi uchun ovozli va axborot xizmatlarini ta'minlanish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni yaratish istagini qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘pgina mamlakatlarda operatorlararo rouming sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi va men odamlarning muloqotini osonlashtirib, ushbu tizimni soddalashtirishni yaxshi fikr, deb hisoblayman».
Unitel MChJ Bosh direktori Dmitriy Shukov bilan uchrashuv va ITU kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi chog‘ida telekommunikatsiya va raqamli yo‘nalishdagi asosiy tendensiyalar muhokama etildi, tarmoqni jadal rivojlantirish istiqbollari batafsil yoritildi. XEI rahbari mamlakatdagi o‘zgarishlardan juda hayratda ekanini va Beeline‘ning rahbariyatining kelajakga qaratilgan optimizmdan ilhomlanganini ta'kidladi.

Dmitriy Shukov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazirligi bilan konstruktiv hamkorlikni alohida qayd etdi: «Iqtisodiyotning barcha jabhalarida yuz beradigan ijobiy o‘zgarishlar, ehtimol, IT va telekommunikatsiya sohasida sezilarli. O‘tgan hafta mobaynida bir qator qarorlar qabul qilindi, ular to‘g‘ri amalga oshirilishi bilan yaqinda bizning sanoatimizni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi. Men raqamli davrda texnologik kashfiyotlar kutmoqdamiz, deb hisoblayman, chunki O‘zbekiston aloqa operatorlari regulyatorning yordami bilan hozirda ishlamoqda».
Yig‘ilish natijalarini sarhisob qilar ekan, XEI rahbari xalqaro miqyosda rejali islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Xalqaro elektraloqa ittifoqi telekommunikatsiya va radioaloqa sohasidagi tavsiyalarni belgilaydigan xalqaro tashkilotdir, shuningdek maqsad va davlat tomonidan radiochastotadan xalqaro foydalanish masalalarini tartibga soladi. 1865 yilda Xalqaro telegraf uyushmasi sifatida tashkil etilgan, 1947 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib hisoblanadi. XEI tarkibida 193 mamlakat va 700 dan ortiq sektor va assotsiatsiyalar mavjud (ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari, davlat va xususiy telekommunikatsiya operatorlari, radioeshittirish kompaniyalari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar). Houlin Chjao 2014 yildan beri ITU bosh kotibi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 22:35
-
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi
Jahon | 22:16
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

15:55 / 08.08.2025
Endi Beeline foydalanuvchilari kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini o‘zlari boshqara oladi

11:41 / 11.06.2025
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi

16:00 / 23.10.2024
Beeline Academy nufuzli EMBRAS World mukofotini qo‘lga kiritdi

15:00 / 10.09.2024