Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk va qo‘rqinchli: mashhur yozuvchi Stiven King 70 yoshini qarshiladi

Foto:AP Photo / Mark Lennihan
Mashhur "Shoushenkdan qochish", "Yashil milya", "Nurlanish" va joriy yilda ekranlarga chiqqan "U" filmlarining barchasi 21 sentabrda 70 yoshini qarshilayotgan va hayotligidayoq tirik afsonaga aylangan amerikalik yozuvchi Stiven King qalamiga mansub asarlar asosida suratga olingan.
King "dahshatlar qiroli" deb ataladi. Uning asarlarida triller, fantastika va mistika ajabtovur tarzda qorishgan va ehtimol, aynan shu sababli bu asarlarga kitobxonlar va rejissyorlar muhabbati so‘nmay kelmoqda. King faoliyati davomida 50 dan ortiq roman va bir necha yuz qissa va hikoyalar yozgan, biroq o‘zi ham asarlaridagi qahramonlari taqdiridan qolishmaydigan fojiali hayotni boshdan kechirgan.
King 1947 yil 21 sentabrda Portlendda dunyoga kelgan. U yoshligida og‘ir kasallikka uchragan, 52 yoshida esa uni furgon urib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumishiga bir baxya qolgan. Yozuvchi 5 ta operatsiyani boshdan kechirgan va uzoq vaqt tiklanish kursidan o‘tgan.
King ijod qiladigan janrlar turfa xildir: triller, fantastika, mistika, drama. King yozuvchilik faoliyatini boshlagandan beri uning kitoblari 350 mln dan ko‘proq nusxada sotilgan, uning asarlari asosida bir qator badiiy filmlar, televizion postanovkalar suratga olingan.
King o‘zining adabiy iste'dodiga doimo kamtarona munosabatda bo‘lgan va muvaffaqiyatni sotilgan kitobingdan tushgan pullar elektr energiya haqini to‘lashga yetishida, deb hisoblagan. Kingning asarlari millionlab nusxalarda chop etiladi va u hali yozuvchilik faoliyatini tugatish niyatida emas, chunki u hali aytmoqchi bo‘lgan ko‘p gaplar bor.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi
Jahon | 14:08
-
G‘azoda boshlangan vaqtinchalik tinchlik rejimi, Yevropa bilan kelishib olgan Tramp va Malayziyadagi muzokaralar – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
Mavzuga oid

08:42 / 03.03.2025
Yozuvchi Shodmon Otabek vafot etdi

16:36 / 23.07.2024
Xalq ziyoli bo‘lishi uchun bolalar kitob o‘qishi kerak – hukumat bunda qanday ishtirok etadi?

12:19 / 13.01.2024
Xaruki Murakamining yangi romani 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan chop etildi

07:51 / 22.03.2023