Hindistonda "Vkontakte" to‘sib qo‘yildi

Foto: RIA "Novosti"
Hindistonda "Vkontakte" ijtimoiy tarmog‘i to‘sib qo‘yildi. Bunga mamlakatda o‘z joniga qasd qilishga olib boruvchi "Ko‘k kit" singari "o‘yinlar" avjolgani sabab bo‘ldi, deb yozmoqda The Times of India.
Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa kirishga urinish chog‘ida manzilning to‘silgani haqida xabar chiqmoqda. Shu bilan birga, "Vkontakte"ga Idea va Vodafone kabi mobil tarmoqlar orqali kirish mumkin bo‘lmoqda.
Gazetaning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligidagi manbalari ijtimoiy tarmoqqa kirishning cheklanganini tasdiqlar ekan, uning vaqtinchalik chora ekanini aytishgan.
"Vkontakte" vaqtincha to‘sib qo‘yildi. Biz bilamizki, ushbu tarmoqdan "Ko‘k kit" foydalangan. Bu o‘yin qanchalik tarqalganini aniqlamoqchimiz. Tergovchilar "Ko‘k kit" bilan aloqasi bor bo‘lishi ehtimol o‘z joniga qasd qilish holatlarini va jinoyatchilar qanday faoliyat yuritishganini aniqlaydi", - degan vazirlik mulozimi.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025
Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

11:44 / 01.03.2025