Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tuyaqushlar fermasi faoliyati qanday holatda?

Foto: KUN.UZ
Tuyaqushlarni tijorat maqsadlarida yetishtirish taxminan 1860 yillarda Janubiy Afrikada boshlangan. 1869 yilda tuyaqushlar tuxumi uchun birinchi inkubator ixtiro qilingan va tuyaqushlarni ko‘paytirish juda yaxshi foyda keltiruvchi mashg‘ulotga aylangan.
XX asr boshida bu soha gullab-yashnadi. 1940 yilda tuyaqushlar soni 1 millionni tashkil qilganda tuyaqushchilik sanoati barbod bo‘ldi. Bu Birinchi jahon urushidan keyingi umumiy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, ayollar modasiga kuchli ta'sir o‘tkazgan hodisa - avtomobillarning ko‘payishi (gap ayniqsa shlyapalar haqida, zero o‘sha davrning ochiq kabrioletlarida ayollar shlyapasi shamolda uchib ketgan), shuningdek yaxshi tashkil qilinmagan patlar sotiluvchi bozorga bog‘liq bo‘lgan. Inqiroz 1945 yilgacha, JARdagi barcha tuyaqushchilik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni birlashtirgan Klein Karoo jamiyati tashkil qilingunga qadar davom etgan. Tashkiliy kimoshdi savdolarining o‘tkazilishi, sotuvlarning tuzilmalarini tuzish - bularning bari sohani chuqur inqirozdan olib chiqishga yordam bergan.
Bugungi kunda tuyaqushchilik rivojlanib bormoqda. Xususan, O‘zbekistonda ham. Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi “Straus farm” qo‘shma korxonasi tuyaqush boqishga ixtisoslashgan fermadir.
Ferma 2015 yilning oktyabrida ishga tushgan bo‘lib, o‘z faoliyatining birinchi mavsumidayoq tuyaqushlarning barqaror o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyish qildi. 2016 yil mavsumi oxirida fermadagi tuyaqushlar soni deyarli 400 boshni tashkil qiladi.
“Bunday fermer xo‘jaligining foydali tomoni shundaki, tuxumi ko‘p, pati mo‘l, tirnog‘i olmos yuvishda ishlatiladi. Toshkentda terisi qayta ishlanib, ayollarning sumkalari, hamyonlar chiqarilmoqda”, - deydi fermadagi tuyaqush boquvchisi Ilyos Sohibnazarov.
Korxona yuqori sifatli parhez go‘shti va teri ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Fermani yaratishda JAR va Ukrainadan mutaxassislar jalb etilgan. Jumladan, maydonlarini rejalashtirish, ferma binosi va qurilishini loyihalashtirish, shuningdek texnologik jihozlarni tanlash ularning tajriba va tavsiyalari asosida amalga oshirilgan.
Keyingi 2 yil davomida tuyaqushlar sonini 3000 boshgacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

17:30
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

13:46 / 30.07.2025
Farg‘onada milliy cholg‘ular orkestri va simfonik orkestr tashkil etiladi

18:32 / 29.07.2025
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

21:50 / 23.07.2025