YeChL. «A» guruhi. TsSKA va «MYu» musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Foto: Twitter/ChampionsLeague
Yevropa chempionlar ligasining «A» guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlarda «Manchester Yunayted» va TsSKA jamoalariga omad kulib boqdi.
Portugaliyada TsSKA dastlab gol o‘tkazib yuborishiga qaramasdan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Joze Mourino shogidlari jarohat olgan Pogba o‘ringa zaxiradan maydonga tushgan Maruan Fellayni tomonidan kiritilgan gol evaziga keyinchalik yana ikki gol kiritib yirik hisobda zafar quchdi.
Yevropa chempionlar Ligasi, 1-tur
A guruhi
Benfika (Portugaliya) – TsSKA (Rossiya) 1:2 (0:0)
Gollar: Seferovich (50) – Vitino (63, penalti), Jamaletdinov (71).
Benfika: Brunu Varela, Luizao, Grimaldo (Gabriel, 77), Andre Almeyda, Lopes (Rafa Silva, 89), Salvio, Augusto, Pitstsi, Jivkovich, Seferovich, Jonas (Ximenes, 70).
TsSKA: Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy, SHCHennikov, Berezutskiy, Vernblum, Golovin (Kuchayev, 87), Dzagoyev (Natxo, 77), Fernandes, Olanare (Jamaletdinov, 67), Vitino.
Ogohlantirishlar: Golovin (43), Andre Almeyda (62), Dzagoyev (73), Vernblum (75), Seferovich (80).
Manchester Yunayted (Angliya) – Bazel (Shveytsariya) 3:0 (1:0)
Gollar: Fellayni (35), Lukaku (53), Reshford (84).
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Lindelef, Blind, Mata (Reshford, 77), Yang, Pogba (Fellayni, 19), Matich, Mxitaryan, Marsyal (Lingard, 69), Lukaku.
Bazel: Vatslik, Suxi, Alvares, Riveros (Oberlen, 77), Akandji, Shteffen, Chaka, Elyunussi, Dzuffi, Lang, van Volfsvinkel (Byua, 66).
Ogohlantirishlar: Alvares (28), Yang (38), Blind (58), Lang (61), Chaka (82).
Mavzuga oid

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

12:35 / 17.02.2025
Shomurodov asosiy tarkibga qaytmoqda, «MYu» autsayderga aylanmoqda. Kun o‘yinlari

12:01 / 17.01.2025
«MYu»da kambek, «Real» o‘ziga muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari

11:45 / 27.12.2024