Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Hakam bu holat uchun Sadio Manega qizil kartochka ko‘rsatib to‘g‘ri qildimi?
«Manchester Siti» – «Liverpul» o‘yini vaqtida mehmonlar hujumchisi Sadio Manega ko‘rsatilgan qizil kartochka Angliya matbuotida keng muhokama qilinmoqda va aksariyat futbol ekspertlari o‘sha vaziyat uchun Mane maydondan chiqarib yuborilmasligi kerak edi, deb hisoblashmoqda.
O‘sha vaziyatda «Liverpul» hujumchisi to‘p uchun kurashda oyoqlarini baland ko‘targan holda chiqib borgan va mezbonlar darvozaboni Edersonning yuziga og‘ir jarohat yetkazgandi.

«Hakam o‘zini yo‘qotib qo‘ydi» – deb hisoblaydi Sky Sport eksperti Terri Anri, - «maydon markazida bunday to‘qnashuvlar juda ko‘p bo‘ladi, ammo qizil kartochka ko‘rmaymiz, to‘g‘rimi? Bu haqiqiy kurash edi, har ikki futbolchi oxirigacha borishga majbur edilar. Menimcha, hakam yiqilib yotgan Edersonni ko‘rib, qo‘rqib ketdi».
Gari Nevill ham Anrining fikrlariga qo‘shildi va bunday vaziyatlarda maksimum sariq kartochka ko‘rsatish kerakligini aytdi.
Yana bir mashhur mutaxassis Gari Lineker esa, yanada keskinroq bo‘ldi: «Hakamning qarori – ahmoqlik» deb yozdi u o‘z tvitter sahifasida.
Mashhur hakam Mark Klattenburg ham ushbu vaziyat haqida o‘z fikrini bayon qildi:
«Jonatan Mossning bu qaroriga qo‘shilmayman. Manening oyog‘i to‘pga qaratilgan edi, aynan o‘sha yerga Ederson boshi bilan kelishi hujumchining aybi emas. Bunday vaziyatlarda hujumchining butun e'tibori to‘pda bo‘ladi. Agar men bo‘lganimda, jarima to‘pi belgilagan va Manega xavfli o‘yin uchun sariq kartochka berardim» – dedi Klattenburg.
Albatta, hakamning to‘g‘ri qaror qabul qilganini aytayotganlar ham bor. Qizig‘i, u «Liverpul»ning sobiq futbolchisi, televideniyeda klubning ashaddiy muxlisi sifatida tanilgan Jyeymi Karragerdir. U Mossning qaroriga to‘liq qo‘shilishini va bu vaziyatda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishdan boshqa chora bo‘lmaganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 37-daqiqasida Jonatan Moss Sadio Manega qizil kartochka ko‘rsatdi va bu o‘yin ssenariysiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Ushbu vaziyatgacha 0:1 hisobida orqada borayotgan mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolgach, raqibga umuman qarshilik ko‘rsata olmadi va yakunda 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.


Darvozabon to‘qnashuvdan so‘ng, maydonni jarohat bilan tark etdi.

Odatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan qizil kartochkadan so‘ng, futbolchi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Ammo hali Sadio Manening nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma'lum emas.

O‘yindan keyin Sadio Mane ijtimoiy tarmoqlarda vaziyatdan afsusda ekanini yozib, Edersondan uzr so‘radi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
-
Qibrayda fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 10:57
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
Mavzuga oid

16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi

13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?

11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari

20:44 / 08.02.2025