Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Asian Fight-2017” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi

Foto: Sports.uz
9 sentabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida mikst-silat bo‘yicha “Asian Fight-2017” Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston penchak-silat federatsiyasi va boshqa homiy hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ilk bora tashkil etilgan musobaqada mazkur yo‘nalish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelayotgan o‘zbekistonlik 8 nafar sportchi raqiblariga qarshi ringga tushishdi.
57 kg: Isroil Rasulov (O‘zbekiston) – Muhammad Hairi (Singapur)
66 kg: Ayubxon Kamolov (O‘zbekiston) – Vikash Dahiya (Hindiston)
70 kg: Muhammadali Toshturg‘unov (O‘zbekiston) – Bektur Mangiyev (Qirg‘iziston)
77 kg: Ulug‘bek Umarov (O‘zbekiston) – Abdul Sami Fayziy (Afg‘oniston)
Ahliddin Mirzadavlatov (O‘zbekiston) – Xolmurod Hizirov (Qozog‘iston)
86 kg: Mahmud Muradov (O‘zbekiston) – Ziya Mirzayev (Ozarbayjon)
91 kg: Hasanxon Baratov (O‘zbekiston) – Mixail Xoldorkin (Rossiya)
+115 kg: Jasur Mirzamuhammedov (O‘zbekiston) – Vartan Aparian (Kipr)
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, dastlabki ro‘yxat bo‘yicha 9 nafar sportchi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo, Taylandda muaytay bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etibkelayotgan samarqandlik Anvar Boymirzayevning turnirga vaqtida kela olmagani (muaytay bo‘yicha 2 karra jahon chempioni uchadigan samolyot parvozi qoldirilgani) sababli ishtirokchilar sonida ham o‘zgarishga sabab bo‘ldi. Unga raqib sifatida tanlangan afg‘onistonlik G‘ulom Dastagirga texnik g‘alaba yozildi.
Ushbu musobaqaning faxriy mehmonlari sifatida taklif etilgan Jan Klod Van Damm hamda Jyef Monson, Fyodor Yemelyanenkoning kela olmagani, ularning o‘rniga kelishi aytilgan Hollivudning yana bir yulduzi Stiven Sigalning ham kelmagani musobaqaga bo‘lgan qiziqishni biroz so‘ndirdi.
Ammo, jahon chempioni Mahmud Murodov muhimi xorijdan kimlarningdir kelishi emas, balki shu kabi xalqaro turnirning O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotganida ekanligini, bu musobaqada qatnashib, yurt bayrog‘ini ko‘tarish terma jamoa a'zolarining orzusi ekanini ta'kidladi. U, shuningdek, musobaqalardan avvalgi matbuot anjumanida, turnirda beriladigan gonorarni Buxorodagi mehribonlik uyiga hadya qilishini hamda O‘zbekistonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bora oladigan bepul sport maktabi ochishiini aytgandi.

Alohida uqdirish lozim, ringga ko‘tarilgan barcha o‘zbekistonliklar o‘zlari qatanashayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha xorijda ancha mashhur bo‘lib, ushbu turnir ularni o‘zbekistonliklarga o‘ziga xos tanishtirish bo‘ldi, deyish mumkin. Garchi, musobaqa tashkilotchiligida ko‘plab kamchiliklar ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, stadionga tashrif buyurgan sport muxlislari chiroyli janglarga guvoh bo‘lishdi va o‘zbek jangchilarini qo‘llab-quvvatlashdi.
Janglar reglamentga muvofiq, har biri 5 daqiqadan bo‘lgan 3 raunddan tashkil etildi. Ring 6 burchak shaklda qurildi. Musobaqa natijasida ringga ko‘tarilgan 8 nafar o‘zbekistonliklardan 7 nafari g‘alaba qozondi. Birgina Ulug‘bek Umarov afg‘onistonlik raqibi Abdul Sami Fayziydan nokautga uchrab, mag‘lub bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025