Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratonni 10 soniyada aniqlashga qodir qurilma taqdim etildi

Foto: RIA Novosti
Texas universiteti olimlari hajmi ruchka bilan teng bo‘lgan yangi qurilmani taqdim etishdi. U bemorlar organizmida saraton hujayralarini o‘n soniyada aniqlash imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Time nashri.
The MasSpec Pen nomi ostidagi yangi qurilma Ostin shahridagi universitet olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, kasallikni erta aniqlashga qaratilgan. Science Translational Medicine nashri ma'lumotlariga ko‘ra, "ruchka" jarrohlik amaliyoti vaqtida sog‘lom to‘qimadan o‘simtani tezda farqlab olish hamda uni maksimal aniqlikda olib tashlash uchun ishlatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda operatsiya vaqtida zararlangan va sog‘lom hujayralarni farqlash uchun muzlatilgan kesiq uslubidan foydalaniladi – o‘simta to‘qimasining bir qismi muzlatiladi hamda tsitologik tahlilga yuboriladi. Shu bilan birga, har bir namunani tahlil qilish 30 daqiqa yoki undan ko‘p vaqtni talab qilishi mumkin, bemor esa bunda operatsiya stolida narkoz ostida bo‘ladi, bu infeksiyalar yoki anesteziyaning salbiy ta'siri xavfini oshiradi.
The MasSpec Pen operatsiya vaqtida to‘qimalarni tadqiq qilishning oddiy uslubidan farqli ravishda, zararlangan to‘qimalardagi yig‘indisi saraton turlariga qarab turli xilda bo‘luvchi molekulalarni o‘rganib boradi. Shu bilan birga, zararlangan to‘qima olinmaydi: uskuna suv tomchisini ajratib oladi, unga tadqiq qilinayotgan a'zo molekulalari “migratsiyalashadi”, so‘ng ularni mass-spektrometr yordamida tahlil qilishadi. Iddao etilishicha, The MasSpec Pen’ni qo‘llash orqali kasallik borligini 96 foizlik aniqlik bilan topish mumkin.
"Biz MasSpec Pen organizmda saratonni topishi mumkin ekanini o‘simtalarga ega sichqonlar modellarida o‘tkazilgan operatsiya vaqtida ko‘rsatib berdik, u to‘qimalar yoki hayvonning o‘ziga jiddiy zarar yetkazmadi. Biz MasSpec Pen jarrohlik amaliyotlari vaqtida klinik texnologiya sifatida ishlatilishi mumkin ekaniga aminmiz", - deyiladi Science Translational Medicine nashri saytida.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:03 / 25.07.2025
Iqtisodiy yetishmovchilik, mentalitet va negativlik – o‘zbekistonliklar ruhiyatidagi tushkunlik sababi nima?

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

01:29 / 04.06.2025