Xalqaro koinot stansiyasidagi uch fazogir Yerga qaytdi

Foto: Flickr/NASA HQ PHOTO
Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining uch nafar a'zosi “Soyuz MS-04” koinot kemasining kapsulasida Yerga qaytdilar. Bu haqda Parvozlarni boshqarish markazida jurnalistlarga ma'lum qilindi.
Yerga Roskosmos fazogiri Fedor Yurchixin va NASA astronavtlari Peggi Uitson va Jyek Fisher qaytdilar. Kapsula Qozog‘istonda jadvalga ko‘ra qo‘ndirilgan.

XKSga keyingi MKS 53/54 ekspeditsiyasining ishtirokchilari kelgunlarigacha stansiyada rossiyalik fazogir Sergey Ryazanskiy, amerikalik Rendolf Breznik va italiyalik Paolo Nespoli ishni davom ettiradilar.
XKSning navbatdagi missiyasi ekipajini XKSga yetkazadigan “Soyuz MS-06” kemasi parvozi 13 sentabrda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kemaning asosiy ekipaji Roskosmos fazogiri Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Xay va Jozef Akabadan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025