Yaponiya KXDR tufayli raketalarga qarshi mudofaani kuchaytirmoqchi

Foto: Reuters
Yaponiya hukumati Koreya yarim orolida vaziyatning keskinlashishi va KXDR raketa sinovlarini amalga oshirayotgani tufayli raketalarga qarshi mudofaa tizimini kuchaytirishni muhokama etmoqda, deb xabar bergan Associated Press.
Xabar qilinishicha, mamlakatda ogohlantiruvchi zarbalar berishni ishlab chiqish va qanotli raketalarni xarid qilish imkoniyatlari muhokama etilayapti.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Yaponiya raketalarga qarshi mudofaaning ikki pog‘onali tizimiga ega bo‘lib, ularga Yapon dengizidagi esminetslarda joylashgan samolyotlar va yer ustidagi majmualar kiradi.
Avvalroq Tramp va Mun Chje In KXDRga bosimni yanada kuchaytirishga kelishib olishgandi.
Mavzuga oid

16:30 / 16.03.2025
Yaponiya KXDRga yaqin oroliga uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishi mumkin

11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

05:00 / 11.03.2025