Jahon | 10:05 / 01.09.2017
4231
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda «Harvi» qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

Foto: Reuters
AQShga yopirilgan «Harvi» dovuli oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 40 kishiga yetdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning ta'kidlashicha, halok bo‘lganlar soni yana oshishi mumkin.
Qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom ettirilmoqda. Unga qutqaruv vertolyotlari ham jalb qilindi.
Aholining bir qismi tabiiy ofat oqibatlari tufayli oziq-ovqat va ichimlik suvisiz qolgan.
Avvalroq CNN jurnalisti jonli efirda bir kishini qutqarib qolgani xabar berilgandi.