Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlar davri intihosi: Kelgusida gadjyetlarning "yo‘q bo‘lish" sabablari ma'lum qilindi

Foto: 4pda.ru
Sayyoramiz foydali qazilmalarning surunkali yetishmovchiligiga yo‘liqmoqda, xususan, yuqori texnologik gadjyetlarda qo‘llaniladigan qazilmalar. Ekspertlarning ishonch bilan ta'kidlashicha, smartfonlar, elektromobillar va hatto mis simda uchraydigan asosiy komponentlar tobora tugab bormoqda. Ushbu asosiy foydali qazilmalarning ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiluvchi turli muammolar, aftidan, kelgusida ularning global tanqisligiga olib keladi. Hi-Tech shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Qazilma materiallar yetishmaydi
Xalqaro olimlar guruhining Delaver shtati universiteti shtab-kvartirasi bilan birgalikda o‘tkazgan tadqiqoti tez orada texnikaga bo‘lgan talab taklifni ortda qoldirishini ko‘rsatgan. Hatto xomashyoning qayta ishlanishi ham yuqori texnologiyali qurilmalarni ishlab chiqarish uchun yetarli material bilan ta'minlay olmaydi. Gap mis, shuningdek neodim, terbiy va iridiy kabi yanada noyob metallar haqida bormoqda.
Jamoaning yetakchi tadqiqotchisi Salim Ali shunday deydi: "Iqlim, bioxilma-xillik, ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash va hatto organik kimyoviy moddalar chiqindilari bilan muomala qilish borasida xalqaro bitimlar mavjud, ammo mineral qazilmalarni boshqarishga doir xalqaro mexanizmlar yo‘q".
Talab oshib bormoqda, ishlab chiqarish esa qiyinlashmoqda
Bundan tashqari, konlarni aniqlab, ishlab chiqarishni boshlagunga qadar ko‘p yillar o‘tishi mumkin. Masalan, so‘nggi yirik mis qazib chiqariluvchi kon 15 yil avval Mo‘g‘ulistonda aniqlangan edi, mahsulot ishlab chiqarish esa o‘tgan yiliga kelib start oldi. Ta'kidlash joizki, ko‘pgina metallar, jumladan mis ham ishlab chiqarishda o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan muqobiliga ega emas.
Bugungi kunda "yashil" texnologiyalar sayyoraning yagona "xaloskori" hisoblanadi, biroq ularda ham o‘sha noutbuklar uchun kerak bo‘lgan foydali qazilmalar katta miqdorda qo‘llaniladi, bu esa o‘ziga xos raqobatni yuzaga keltiradi.
Kelajakni shunday tasavvur qilganmidik?
Bir necha yil avval kelajak smartfonlarini qanday tasavvur qilar edik? Nahotki shaffof smartfonlar va ekrani olinuvchi gadjyetlar o‘rniga bizni "aqlli qurilmalar" davrining intihosi kutmoqda?!
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:05
-
Moskvadagi xalqaro shaxmat turnirida yosh o‘zbek shaxmatchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
O‘zbekiston | 09:00
-
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi
Jahon | 08:44
-
Malayziya O‘zbekistonda "halol" oziq-ovqat sanoatini rivojlantiradi
O‘zbekiston | 08:28
Mavzuga oid

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

18:39 / 09.04.2025
O‘zbekiston va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzoladi

19:41 / 26.02.2025
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitim matni chop etildi

01:23 / 23.02.2025