Samsung Galaxy Note 8'ga nima uchun kichikroq akkumulyator o‘rnatilgani ma'lum qilindi

Foto: AFP
Samsung mobil bo‘linmasi rahbari kuni kecha bergan intervyularidan birida yangi Galaxy Note 8 haqidagi qator dolzarb savollarga javob qaytardi. U Samsung Galaxy Note 8 avvalgi model - Note 7’ga qaraganda nima uchun kichikroq akkumulyator bilan jihozlangani haqida ham to‘xtalib o‘tgan, deb xabar bermoqda Galaxy-droid.ru.
“Biz batareya hajmini kamaytirganimizga qator sabablar bor. Ulardan biri – bu telefon energiya samaradorligini 30 foizga yaxshilash imkonini beruvchi 10-nanometrli protsessordir. Foydalanuvchilar akkumulyator quvvatini sarflash darajasini dasturiy ta'minotga asoslanib yo‘lga qo‘yishlari mumkin. Bu mobil qurilmaning umumiy avtonomligini anchagina yaxshilaydi. Endi shuni kafolatlashimiz mumkinki, batareya xavfsizdir. Bundan tashqari, smartfon batareyasi ikki yillik foydalanishdan so‘ng ham o‘z hajmining 95 foizini saqlab qoladi”, - deya xabar qildi Galaxy-droid.ru.
Samsung Galaxy Note 8 va S8 Plus’ning avtonomligi taqqoslanganda ma'lum bo‘lishicha, yangilik o‘rtacha ikki soatga kamroq “yashaydi”.
Samsung rahbarining kutishicha, Galaxy Note 8 qurilmasidan 11 million dona sotilishi mumkin. Tahlilchi Ming-Chi Kuoning fikricha, 11-14 million dona qurilma o‘z xaridorini topadi.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

16:38 / 23.01.2025
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi

16:16 / 21.01.2025