Texasga “Xarvi” to‘foni yaqinlashmoqda

Foto: CCO
“Xarvi” tropik sikloni to‘fonga aylanib, AQShning Texas shtati sohillariga yaqinlashmoqda. Bu haqda AQShning to‘fonlarni o‘rganish milliy markaziga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Xarvi” markazi Port OʼKonnor shahridan 480 km uzoqlikda joylashgan. To‘fon shamolining qayd qilingan maksimal tezligi 140 km/soatni tashkil qilgan.
To‘fon Texasga 25 avgust kechki payt yetib keladi. Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, hududda kuchli yomg‘irlar, toshqinlar va kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Texas gubernatori Greg Ebbott to‘fonning yaqinlashishi sababli 30 ta okrugda tabiiy ofat tartibini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

19:00 / 25.01.2025
Britaniya va Irlandiyada to‘fon tufayli mingdan ortiq reyslar bekor qilindi

14:54 / 18.01.2025
Texasda kalamushlar politsiya omboridagi giyohvand moddalarni yeb qo‘ydi

18:50 / 07.12.2024
Irlandiyada «Dara» to‘foni sabab 400 mingga yaqin odam elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi

20:50 / 14.11.2024