Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CBS: Tramp Afg‘onistonga 4 ming harbiy yuborilishini e'lon qiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp 21 avgustda AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlarining soni oshirilishi va bu davlatga qo‘shimcha 4 ming harbiy yuborilishini e'lon qiladi. Bu haqda Tramp ma'muriyatidagi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda CBS telekanali xabar berdi.
Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp AQShning Afg‘onistondagi va Janubiy Osiyodagi yangi strategiyasi haqida so‘zlaydi. Bu strategiya jumladan Pokiston hukumatini terrorchilarga boshpana taqdim qilishdan voz kechishga majbur qiladi. Telekanalning ma'lum qilishicha, Oq uy Pokistonni terrorchilikni moliyalashtiruvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritish, bu davlatga yordam hajmini kamaytirish va uni AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqdoshlari ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Shu bilan birga AQSh ma'muriyati Tramp murojaat bilan chiqquncha rejalar o‘zgarishi mumkinligini istisno qilmagan.
Pentagon matbuot-xizmatida telekanalning bu ma'lumotiga izoh berilmadi va prezidentning bayonotini kutish taklif qilindi.
20 avgustda Oq uy matbuot-kotibi Sara Sanders Tramp 21 avgustda AQShning Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi qabul qilinishi haqida so‘zlashini ma'lum qilgandi.
Tramp 18 avgustda Kemp-Devid – AQSh prezidentlarining shahar tashqarisidagi qarorgohida milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazgan. Yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy mavzu Janubiy Osiyo mintaqasi, xususan Afg‘oniston bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, Trampga harakatlarning turli variantlari, jumladan Afg‘onistondan barcha harbiylarning to‘liq olib chiqilishi, qo‘shinlarni qoldirish, uni birozga oshirish yoki qisqartirish taklif qilingan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

12:21
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi

23:22 / 23.07.2025
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi

23:01 / 22.07.2025
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi

19:00 / 22.07.2025