Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona Matbuot va axborot agentligi tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Xalq ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini Matbuot va axborot agentligi tarkibiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi muassisligidagi “Tong yulduzi” va “Klass!” gazetalari hamda “Gulxan” va “G‘uncha” jurnallarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Mavzuga oid

14:46
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi

00:49
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

21:18 / 07.03.2025