O‘zbekistonda Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband yubileylari keng nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishi e'lon qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha ko‘mita, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil sentabr-oktabr oylarida Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini keng miqyosda nishonlash haqidagi takliflari ma'qullangan.
Tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan va unga bir oy muddatda Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladi, ularning hayoti va ijodiga oid nashrlar hamda ularning merosidan namunalar, jumladan, xorijiy tillarda chop etiladi;
Ziyoratgohlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ularning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

11:20 / 22.04.2025
Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

16:10 / 10.06.2019
Bahovuddin Naqshband ziyoratgohidagi shirkka sabab bo‘lib qolayotgan qurigan daraxt joyidan olindi

13:45 / 29.03.2019