Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Yer ommaviy qirilish davrini boshdan kechirmoqda
Amerikalik olimlar so‘nggi o‘n yilliklarda barcha umurtqali jonivorlar populyatsiyasining 30 foizdan ko‘prog‘i qisqarganini aniqlashdi. Bu haqidagi ilmiy ish Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e'lon qilingan, u haqda Stenford universiteti sayti qisqacha ma'lumot bergan.

Yirik panda yo‘qolayotgan turlar ramziga aylangan. Insonlarning sa'y-harakati bilan 2016 yilda u qirilish arafasida turgan jonivorlar ro‘yxatidan chiqarib tashlangan.
Ommaviy qirilish — turlarning qirilish tezligi odatdagisidan tezroq ro‘y berayotgan holatni anglatadi. Yer kurrasi bunday falokatlarni 5 marta boshidan kechirgan. Oltinchi qirilish 66 million yil muqaddam dinozavrlarning yo‘q bo‘lishi bilan boshlangan. Ba'zi olimlar u hamon davom etayapti, degan fikrda.
Hozir yiliga o‘rtacha 2ta umurtqali jonivor izsiz yo‘qolmoqda. Ko‘pincha bu bilinmas tarzda yuz beradi, chunki ekologik tizimga u qadar tahdidli bo‘lmaydi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib barcha amfibiyalarning 41 foizi, sut emizuvchilarning 26 foizi qirilib ketgan.
O‘zlarining yangi ishida tadqiqotchilar 27.600dan oshiq qushlar, amfibiyalar, sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilarning yashash makonlarini tahlil qilishgan — bu esa fanga ma'lum umurtqalilarning teng yarmi degani. Shuningdek, ular 1990 yildan 2015 yilgacha yaxshi o‘rganilgan 117ta sut emizuvchi turning populyatsiyasi nechog‘lik qisqarganini ham o‘rganib chiqishgan.
Olimlar ayni paytda umurtqalilarning 30 foizining soni va yashash makoni qisqarmoqda, degan xulosaga kelishgan. Bunday jonivorlarning aksariyat qismi tropik mintaqalarda yashashi, mo‘'tadil iqlimli mintaqalarda esa ularning soni kamroq ekanligi oydinlashdi. Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyodagi sut emizuvchilarga ayniqsa qiyin — bu yerda o‘z yashash makonlarining 80 foizini yo‘qotgan barcha turdagi yirik jonivorlar istqomat qiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijdan ko‘plab samimiy qutlovlarni oldi
O‘zbekiston | 19:26
-
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talabi bekor qilinmadi
O‘zbekiston | 19:19
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025