Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputat so‘roviga javob bermagan mansabdorlarga chora ko‘riladi

O‘zbekistonda deputat so‘roviga javob bermagan mansabdor shaxslarga ma'muriy javobgarlik qo‘llanadigan bo‘ldi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kungi videoselektorda aytib o‘tgan.
«Oliy Majlisning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar, muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahamiyatga ega davlat dasturlarining ijrosini so‘zsiz ta'minlashga qaratilgan ishlarini ham yetarli, deb bo‘lmaydi.
Parlament eshituvlari, hukumat a'zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borish, deputatlarning so‘rovlariga atroflicha javob qaytarishni ta'minlash borasida muammolar mavjud.
Odatda parlament vazirlarning hisobotini eshitadi. Lekin pastdagi bo‘g‘inda bu yo‘nalishda kim hisobot beradi? Faqat markaz yoki viloyatda emas, hududlarda ham o‘zgarish bo‘lishi zarur. Xususan, 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan vazirlik va idoralarga yuborilgan jami 284 ta deputatlik so‘rovidan 100 tasiga qonunda belgilangan muddat buzilgan holda javob berilgan, 24 tasiga esa umuman javob berilmaganini qanday izohlash mumkin?
Nima uchun Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, partiya fraksiyalari bunday holatlarga nisbatan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘z munosabatini bildirmayapti?
Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik deb baholanishi shart. Xalqni hurmat qilmagan, deputatlik vakolatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan har qanday mansabdor shaxs qonun oldida javob beradi.
Shu sababdan ham deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmagani yoki unga javob bermagani, ko‘rish muddatini buzgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim», degan Shavkat Mirziyoyev.
Shu munosabat bilan davlat maslahatchisi O.Murodovga Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda bir oy muddatda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi topshirilgan.
Respublika, viloyat va tuman kengashlari deputatlarining so‘rovi – bu xalq so‘rovi, deb baholagan holda, bu boradagi javobgarlikni nazarda tutadigan tegishli moddani qonunga kiritish kerakligi qayd etilgan.
Oliy Majlis palatalari, parlament so‘rovi bo‘yicha olingan javoblarni Internetdagi rasmiy veb-saytlarda keng jamoatchilik uchun e'lon qilishni tashkil etishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
«Bugun hayotning o‘zi parlament nazorati obektlari doirasini kengaytirishni ham talab etmoqda. Amaldagi qonunga ko‘ra, parlament faqat davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib borishi mumkin. Biroq xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususan, «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekenergo» va boshqa kompaniya va birlashmalar bundan chetda qolmoqda.
Shu maqsadda «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim, deb hisoblayman», degan prezident.
Davlat rahbari Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Qonunchilik palatasida «Hukumat soati» institutini joriy etish ayni muddao bo‘lishini aytib o‘tgan.
«Yil boshida tasdiqlanadigan rejaga muvofiq har oyda hukumat a'zolarining hisoboti eshitiladi va shu bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi. Oliy Majlis Senatida esa barcha darajadagi hokimlarning hududlarni rivojlantirish borasidagi faoliyati haqida hisobotlarni eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yishni taklif etaman.
Shunday mexanizm joriy etish kerakki, parlament eshituvlarining natijasi faqat markazda emas, balki joylarda, eng chekka hududlarda ham sezilsin», Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

17:50 / 19.12.2024