Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar inson uchun xavfli qurtlarning jadal ko‘payotganidan bong urmoqdalar

Amerikalik olimlar inson uchun xavfli bo‘lgan parazit qurtlarning tarqalishidan xavotir bildirdilar.
PLOS One nashrining yozishicha, Florida shtatidan bo‘lgan mutaxassislar Angiostrongylus cantonensis parazit qurtlarini o‘rganib chiqishgan. Bu qurtlar kalamush o‘pka qurtlari deb ataladi, biroq ular nafaqat kalamushlarda uchraydi va nafaqat o‘pkaga, balki miyaga kirib borishi ham mumkin.
Gavayida ushbu qurtlar bilan zararlanishning ko‘plab holatlari qayd etildi. Vaholanki, oxirgi 20 yil ichida bunday zararlanish holati bor-yo‘g‘i 2 martagina qayd qilingan. Parazit shuningdek Kaliforniya, Alabama, Luiziana va Florida shtatlarida uchraydi.
Ko‘pincha bu qurt bilan zararlanish zarur termik ishlovdan o‘tmagan mollyuskalar yoki boshqa dengiz mahsulotlarini iste'mol qilish orqali yuz beradi. Shuningdek, shilliqqurt, qurbaqa va shunga o‘xshash jonzotlarga tegmaslik tavsiya qilinadi.
Ushbu qurt bilan zararlanish alomatlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynash, yuz va qo‘l-oyoqlar falaji bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u komaga olib kelishi mumkin. Hozircha bu qurt bilan samarali kurashish usuli mavjud emas.
Olimlarning fikricha, bu xavfli parazitlar o‘z yashash muhitini jumladan global isish evaziga kengaytirmoqda, chunki ular issiq iqlimda yashaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:54 / 18.01.2025
Texasda kalamushlar politsiya omboridagi giyohvand moddalarni yeb qo‘ydi

14:50 / 04.06.2024
O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan o‘rikda qurt aniqlangani yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi

16:09 / 10.01.2023
Dunyodagi «kalamushga boy» shaharlar reytingi tuzildi

20:33 / 29.03.2022