Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat mulkining qaysi obektlari hokimiyatlar qaroriga ko‘ra xususiylashtiriladi?
Prezidentning 16.06.2017 yildagi PQ–3067-son «Davlat mulki obektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qildi, deb yozmoqda Norma.uz.
Qabul qilingan qarorda ta'kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasi, Davlat raqobat qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan hamkorlikda obektlar toifalarining to‘liq xatlovi o‘tkazildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra quyidagilar tasdiqlandi:
• xususiylashtirilmaydigan davlat mulki strategik obektlarining yagona ro‘yxati;
• Prezident va Hukumat qarorlariga binoan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat mulki obektlari ro‘yxati;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obektlari ro‘yxatini aniqlash mezonlari.
Davlat mulkining nostrategik obektlarini xususiylashtirish bo‘yicha takliflar va arizalar keyinchalik hokimlar tomonidan ma'qullanishidan oldin 6.10.2014 yildagi 279-son VMQga muvofiq tuzilgan hududiy tanlov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror quyidagi obektlar toifasiga nisbatan qabul qilinishi mumkin:
1) bino va inshootlarining umumiy egallagan maydoni 2000 kv.m.gacha bo‘lgan davlat mulkining bo‘sh turgan yoki foydalanilmayotgan obektlari;
2) bino va inshootlarining umumiy egallagan maydoni 2000 kv.m.gacha bo‘lgan qurilishi tugatilmagan, tugatilishi uchun moliyaviy manbasi bo‘lmagan obektlari;
3) bino va inshootlarining umumiy egallagan maydoni 2000 kv.m.gacha bo‘lgan tugatilish jarayonida sotilmagan va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga berilgan obektlar;
4) xo‘jalik jamiyatlari yoki boshqa tashkilotlardagi davlat ulushlari (aksiyalari):
- asosiy fondlarining balans qiymati EKIHning 50 ming barobaridan oshmagan;
- xodimlarining o‘rtacha yillik soni 500 kishidan oshmagan.
Bunda Toshkent shahridagi obektlarning xususiylashtirilishi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishilishi zarur, davlat organlarining hududiy bo‘linmalariga biriktirilgan obektlar (butun respublika bo‘yicha)ning xususiylashtirilishi yuqori turuvchi respublika organlarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
-
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi
Jahon | 07:34
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
Mavzuga oid

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025