Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Tramp mudofaa vaziriga AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini o‘zgartirish huquqini berdi

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini o‘zgartirish vakolatini berdi. Bu haqda 13 iyunda Oq uy ma'muriyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligining ta'kidlashicha, ayni vaqtda qo‘shinlar sonini o‘zgartirishga qaror qilinmagan. Hozir Afg‘onistonda 8,4 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan. Tramp shunga o‘xshash qarorni Iroq va Suriyadagi qo‘shinlarga nisbatan aprelda qabul qilgandi.
Pentagon bu masala yuzasidan izoh bermadi.
May oyi o‘rtalarida AQSh kongressida mudofaa vazirligining razvedka boshqarmasi direktori, general-leytenant Vinsent Styuart AQSh va NATO Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha strategiyasini o‘zgartirishi zarurligini aytgandi. "Biz avvalgiga nisbatan mutlaq boshqacha yo‘l tutishimiz lozim", deb aytgandi Styuart. Uning aytishicha, agar AQSh va NATO o‘z strategiyasini o‘zgartirmasa, unda "Tolibon" jang maydonlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin.
Avvalroq The Washington Post nashri qabul qilinadigan variantlardan biri sifatida Afg‘onistonga kamida 3 ming amerikalik harbiy va zobitni yuborish va NATOga ham shuncha qo‘shin yuborish chaqirig‘i bilan murojaat qilinishi bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Nashr AQSh ma'muriyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Tramp Afg‘onistonda "yutishni boshlash" istagidaligi va uni bu borada ma'muriyatining yuqori lavozimli mansabdor shaxslari qo‘llab-quvvatlayotganlarini ta'kidlab o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025