Tramp: Qatar "tarixan terrorchilik homiysi bo‘lgan", bunga chek qo‘yish kerak

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Qatarni terrorchilikni moliyalashtirishda aybladi va bunga chek qo‘yish vaqti kelganini aytdi.
"Qatar, afsuski, tarixan juda yuqori darajada terrorchilik homiysi bo‘lgan", deb aytdi Tramp Ruminiya prezidenti Klaus Verner Yoxannis bilan muzokaralar yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanda.
"Biz terrorchilikning moliyalashtirilishini to‘xtatishimiz kerak. Men davlat kotibi Reks Tillerson, bizning atoqli generallar bilan Qatarni terrorchilikni moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqirish vaqti keldi deb qaror qildik. Ular ekstremistik mafkurani moliyalashtirishni to‘xtatishlari kerak", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:22 / 01.02.2025
Qatar O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga qabul qilishga tayyorlanmoqda

20:38 / 13.01.2025
Qatar G‘azo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi

19:27 / 07.01.2025