Eron Fors ko‘rfazi davlatlari embargosiga uchragan Qatarga oziq-ovqat yetkazishga tayyor

Foto: Reuters
Diplomatik mojaro tufayli Fors ko‘rfazi davlatlari tomonidan Qatarga nisbatan joriy etilgan embargo ortidan Eron Qatarga barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga tayyor, degan Eronning agromahsulotlar importi bo‘yicha assotsiatsiyasi rahbari Rizo Nuroniy.
Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr dushanba kuni Dohani terrorchilik tashkilotlari bilan aloqadorlik va Yaqin sharqdagi vaziyatni izdan chiqarishda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Liviyaning sharqiy qismi hukumati, Yaman, shuningdek, Maldiv orollari ham keyinchalik Qatar bilan aloqalarni uzganliklarini e'lon qilishdi.
«Fors ko‘rfazi davlatlari tomonidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli biz Qatarga barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga tayyormiz», — deya Nuroniyning so‘zlarini keltirmoqda Eronning Fars agentligi.
Ilgariroq bozordagi manbalarning Reyter agentligiga ma'lum qilishlaricha, BAA va Saudiya Arabistoni Qatarga shakar eksport qilishni to‘xtatishgan. Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, Qatar ushbu davlatlardan shakar xarid qilishga qattiq bog‘lanib qolgan va yiliga 100 ming tonna import qiladi. Ayniqsa, hozir Ramazon oyida Qatarda shakarga talab juda yuqori.
Ilgariroq Misrning «Yaum7» yangiliklar kanali guvohlarning so‘zlariga tayanib, Qatar aholisi shoshilinch ravishda oziq-ovqat mahsulotlari va isimlik suvi xarid qilishayotgani xabar bergan edi. Portalning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatga oziq-ovqatlar kirib keladigan asosiy yo‘l bo‘lmish Saudiya Arabistoni bilan chegaralar yopilgani haqida xabarlar tarqalgach, do‘konlar peshtaxtasi darhol bo‘shab qolgan.
«Al-Jaziyra» telekanalining xabar berishicha, Sudiya-Qatar chegarasida yuk mashinalaridan iborat ulkan tirbandlik hosil bo‘lgan, ularga Qatar hududiga kirishga izn berilmayapti.
Mavzuga oid

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025