Hindistondagi Gang va Yamuna daryolari tirik jonzotlar deb e'lon qilindi

Foto: Wikimedia Commons
Hindistondagi Uttarakxand shtatining oliy sudi Gang va Yamuna daryolarini yuridik shaxslar va tirik jonzotlar deb tan oldi, deb xabar bermoqda AP axborot agentligi.
Sud bu daryolar "barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan qonuniy shaxslar maqomiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar va tirik jonzotlar" hisoblanishi haqida hukm chiqardi.
Shu tariqa, endi bu daryolarning ifloslanishi tirik jonzotga yetkazilgan zarardek tasniflanadi.
Uttarakxand shtati ushbu daryolar boshlanadigan Himoloy tog‘larida joylashgan. Bu daryolarning ifloslanishi va sohillarining bosib olinishi shtat uchun katta muammo hisoblanadi.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025